Oʻz loyihamda Khan Academyʼning video / ism / materiallar / havolalaridan foydalansam boʻladimi?
Albatta, bu moliyaviy jihatdan cheklov yoki imtiyozlarga sabab boʻlmasa, bizning veb saytimizdagi maʼlumotlarga havola keltirishingiz mumkin.
Khan Academy materiallaridan (video, maqolalar yoki mashqlar) www.khanacademy.orgʼdan tashqari alohida taqdimotda foydalanish yoki joylash uchun quyidagi manbalarga murojaat qiling.
- “Creative Commons” (NC SA tomonidan berilgan CC) litsenziyasi (video va mashqlar uchun)
- Xizmat koʻrsatish shartlari
- Savdo belgisi va brenddan foydalanish qoidalari
Muhim mulohazalar:
- Agar oʻrnatilgan boʻlsa, bizning ichki pleyerdan foydalaning. Litsenziyamiz va xizmat koʻrsatish shartlariga, xususan, mualliflik huquqi va tijoratga oid boʻlmagan qoidalarga rioya qilingan boʻlsa, videolarga havola berish yoki joylashtirish mumkin.
- “Khan Academy” atamasi yoki logotipimizdan foydalanish boʻyicha savdo belgisi va brenddan foydalanish qoidalariga murojaat qiling.
- Iltimos, mualliflik huquqi va notijoriy qoidalarga eʼtibor bering (xulosa quyida berilgan).
Mualliflik huquqi: Bizning litsenziyamizga muvofiq, materialdan foydalanganda Khan Academyʼga havola berishingiz kerak, ammo bu Khan Academy sizni yoki materiallardan foydalanishni toʻgʻridan toʻgʻri tasdiqlashini anglatmaydi. Iltimos (www.khanacademy.org) havolasini va quyidagi jumlani kiriting:
Eslatma: Khan Academyʼning barcha materiallaridan (www.khanacademy.org)da bepul foydalanishingiz mumkin.
Bundan tashqari, agar Khan Academy materiallari xizmat uchun tizimga kirishni talab qiladigan xizmatga bogʻlangan boʻlsa, yuqoridagi izoh Khan Academyʼga kirishdan oldin keltirilishi lozim.
Notijorat: Khan Academy “notijorat” deganda foydalanuvchilar uchun savdo yoki foyda olishga moʻljallanmagan har qanday faoliyatni nazarda tutadi. (Veb saytdagi reklamalar tijorat deb hisoblanadi. Shuningdek, uchinchi tomondan Khan Academyʼdan oʻz xizmatlari yoki mahsulotlari uchun reklama yoki marketingda foydalanish tijorat deb hisoblanadi). Bir nechta misollar:
- Biror tijoriy korporatsiyaning kontentimizdan kasb malakasini oshirish va / yoki xodimlarini oʻqitish uchun foydalanishi “notijorat“ hisoblanadi (agar korporatsiya xodimlaridan haq olmasa).
- Kontentimizni pulli taklifga qoʻshgan tashkilot tomonidan uning ishlatilishi “notijorat” EMAS.
- Mobil ilovalar yoki boshqa shunga oʻxshash foydalanish holatlarda sarlavha va / yoki tavsif uning norasmiy ekanligini aniq koʻrsatishi kerak; agar “biz bilan bogʻlaning” boʻlimi bor boʻlsa, texnik muammolar boʻyicha murojaat qilish uchun ishlab chiqaruvchilar(lar) roʻyxatga olinishi kerak.
Eslatma: Khan Academy platformasi bilan bogʻliq savollar uchun asosiy platforma litsenziyalanmaydi.