Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼga qanday xayriya qilsam boʻladi?

Yangilangan

Biz dunyodagi har bir inson yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak, deb hisoblaymiz va buni haqiqatga aylantirish uchun harakat qilyapmiz. Agar siz ham shunday fikrda boʻlsangiz yoki Khan Academy sizga qandaydir koʻmak bergan boʻlsa, siz koʻrsatadigan har qanday yordamdan mamnun boʻlamiz. Bizga hamma uchun va hamma joyda jahon satandartlariga javob beradigan bepul ta’limni joriy etishga yordam bering!

Xayriyani qayerga joʻnataman?

Xayriyani bizning xayriya sahifamiz orqali amalga oshirishingiz mumkin. Kiritmoqchi boʻlgan pul miqdoringizni belgilaysiz va toʻlovni amalga oshirish uchun PayPal yoki kredit kartani tanlaysiz.

Bundan tashqari, Bitcoins yoki Square Cash orqali ham toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Shunchaki bizning xayriya sahifamizga oʻting va kerakli ma’lumotni topish uchun pastga tushing.

Cheklarni PO Box 1630, Mountain View, CA 94042 pochta qutisiga yuborishingiz mumkin.

Umid qilamizki, ushbu variantlardan biri sizga mos keladi. Biz notijorat tashkilot boʻlganimiz uchun  (soliq raqami: 26-1544963)  doimiy faoliyatimiz butunlay xayr-ehsonlarga bogʻliq va biz siz kabi insonlarning koʻmagiga tayanamiz. Sizning hadyalaringiz tegishli holatlarda soliqdan ozod qilinadi. Xayriya bilan bogʻliq muammo yoki savollaringiz boʻlsa, donate@khanacademy.org manzili orqali bizga murojaat qiling.

Mening xayriyam nimalarga sarflanadi?

Sizning pulingiz xodimlarimiz hamda texnologiyamiz ta’minotiga imkon yaratadi va quyidagi ishlarda katta yordam beradi:

  • sayt faoliyatini doimiy ravishda bepul yuritib borish;
  • koʻproq tillarda yuqori sifatli materiallar yaratish;
  • interfaol baholash mashqlarini ishlab chiqish, video kutubxonani toʻldirish;
  • veb saytimizni yaxshilash va eng yaxshi bepul onlayn oʻrganish tajribasini ishlab chiqish;
  • bizning texnologiyalardan butun dunyo maktablarida foydalanishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash;
  • taʼlim kelajagi toʻgʻrisidagi va oʻrganish jarayonini qanday tashkil etish kerakligi haqidagi gʻoyalarni tadqiq qilish.

Agar siz yordam berishni xohlasangiz-u, lekin hozir buning imkoni boʻlmasa, Khan Academyʼda koʻngillilar yordami haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.