Khan Academyʼga qanday qilib koʻngilli sifatida qoʻshilishim mumkin?
U haqdagi maʼlumotlarni tarqating.
Khan Academyʼga yordam berishga boʻlgan gʻayratingizni boshqalar bilan baham koʻring. Boshqalarni ham Khan Academyʼni oʻrganuvchi yoki oʻqituvchi sifatida sinab koʻrishga undang yoki taʼlim berish ishtiyoqida boʻlsangiz, bir necha kishiga oʻrgatishdan boshlang.
Twitter va Facebook uchun ijtimoiy media xabarlarining namunalaridan foydalanib koʻring.
Hayotdagi eng yaxshi narsalar bepul: (www.khanacademy.org) #lovetolearn
Agar bu sizni oʻziga tortmasa, demak, sizda his-tuygʻu yoʻq ekan: (www.khanacademy.org) #youcanlearnanything
Elektron pochta hoshiyasidan foydalaning
Har safar elektron pochta orqali xat yuborganingizda, quyi hoshiyaga qisqa xabar qoʻshish orqali doʻstlaringizni Khan Academy haqida xabardor qiling. Ba’zi gʻoyalar:
- Ilm olishga boʻlgan muhabbatingizni oʻrtoqlashing: www.khanacademy.org
- Bu mening hayotimni oʻzgartirdi, siznikini ham oʻzgartiradi: www.khanacademy.org
- Hamma uchun va hamma joyda bepul taʼlimni kashf eting: khanacademy.org
- khanacademy.orgʼni sinab ko’ring – bu men ilm oladigan sevimli makon!
Elektron xat namunasi
Mavzu: xabar topishingiz bilan hayotingizni oʻzgartiradigan narsa
Asosiy qism:
Hammaga salom,
Men oʻqishni yomon ko’rar edim, lekin Khan Academy (www.khanacademy.org) fikrimni oʻzgartirishimga sabab boʻldi. Ushbu notijorat tashkilot koʻplab bepul oʻquv manbalarini taqdim etadi va ular bilim olishimga juda katta yordam beryapti.
Biroq bu maktabda oʻqishingiz, muntazam oʻrganuvchi ekanligingiz yoki boshqa birovning bilim olishiga yordam berishingizdan qatʼi nazar hamma uchun taʼlim manbaidir. Khan Academy tufayli hozir mening oʻqib-oʻrganishga qiziqishim baland.
Men odatda odamlarga bunga oʻxshash elektron xatlarni yubormayman, lekin ushbu manba haqidagi taassurotlarim kuchliligidan, uni ulashishga qaror qildim. Buni hoziroq khanacademy.org saytida tekshirib koʻring.
Maroqli ilm oling!
Foydasi tegishi mumkin boʻlgan manbalar:
- Ulashish uchun chop etiladigan qoʻllanmalar, manbalar va sertifikatlar
- Oʻqituvchilar uchun manbalar: Khan Academyʼdan sinfda yoki kattaroq guruhlar doirasida foydalanish toʻgʻrisidagi koʻplab maʼlumotlar.
Khan Academyʼdagi soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlib turing
- Bizning blogimiz
- Twitter: @khanacademy, @lifeatka
Onlayn jamiyatimizni shakllantiring
Saytimizda joylashtirilgan jamoatchilik savollarini kuzatishda bizga doim yordam beradigan (masalan, barcha videolar ostidagi ovoz berish boʻyicha sharhlar qoldiradigan) va imkon tugʻilganda javob qoldiradigan (va nomaʼqul sharhlarni belgilab qoʻyadigan) odamlarni qadrlaymiz.
Qoʻllab-quvvatlash jamoamizga yordam bering
Bizda sizning bilim va tajribangiz va madadingizdan qoʻllab-quvvatlash jamoasida hozir berilayotgan savollarga javob berishda foydalanuvchi guruh faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, bizga koʻproq yordam berish istagida boʻlganlar uchun qoʻllab-quvvatlash tarafdori dasturi ham mavjud.
Khan Academyʼni butun dunyoga ulashing
Siz dunyoning istalgan tilida tagyozuvlar (subtitr) yaratishingiz mumkin. Agar bu ishga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, bu yerni bosing. Shuningdek, jamoangizni rivojlantirish va jalb qilish uchun odamlarni tarjima musobaqasi oʻtkazishga undaymiz.
Taassurotlaringizni ulashing
Khan Academy jamiyat hayotiga qanday ta’sir qilayotgani haqida eshitish bizni ruhlantiradi. Boshqalarning hikoyalarini koʻrish va eshitish uchun hikoyalar sahifasi ga tashrif buyuring. Bizga, ayniqsa, videolar yoqadi.
Doʻstlaringizga xayriyalar haqida gapirib bering
AmazonSmile bepul dasturidan foydalaning, unda Amazonʼdagi xaridlaringiz qiymatining 0,5 foizi yirik notijorat tashkilot – Khan Academyʼga oʻtkaziladi. Narxlar bir xil va siz bir vaqtning oʻzida bepul, jahon standartlariga javob beradigan ta’lim faoliyatiga ham yordam berasiz.
Shunchaki smile.amazon.com saytiga kiring va qolgan ishlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Agar siz Amazonʼdan foydalanmasangiz, tashvishlanmang – Khan Academy boshqa koʻplab xayriya turlarini ham qadrlaydi.
Khan Academyʼning xayriya sahifasiga tashrif buyuring va koʻngillilar uchun imkoniyatlar haqida koʻproq bilib oling.