Khan Academyʼdan foydalanish pullimi?
Yangilangan
Khan Academyda oʻqish doimo bepul! Khan Academyʼning barcha ishonchli, standartlarga mos videolar, maqolalar, amaliy savollar va darsliklar kutubxonasi foydalanishni istaganlar uchun mutlaqo bepul.
Biz shartnomalarni talab qilmaymiz, spam va hech qanday reklama yoʻq. Buning oʻrniga tashkilot odamlarning saxovati va grantlar orqali qoʻllab-quvvatlanadi. Shunday qilib, bor diqqatingizni oʻqishga qaratishingiz mumkin.
Xoʻsh, nimani kutyapsiz? Oʻrganishni boshlang!
Khan Academy hammani va har joyda jahon standartlari darajasidagi BEPUL taʼlim bilan taʼminlashni maqsad qilgan 501(c)(3) turda roʻyxatga olingan notijorat tashkilotdir.