Qanday yordam kerak?

Khan Academyʼga homiylik qilish tamoyillari qanday?

Yangilangan

 Khan Academy bu 501(c)(3) turda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, hamma uchun va hamma joyda jahon standartlari darajasidagi bepul taʼlim olish imkoniyatini yaratish maqsadida xayriya yordami oladi.

Khan Academyʼning baʼzi oʻquv kontenti homiy tashkilotlar va korporatsiyalar tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi. Ushbu yordam dunyo boʻylab oʻquvchilar uchun bepul taqdim etiladigan yuqori sifatli taʼlim manbasini yaratishga imkon beradi.

Homiylarning yordamini eʼtirof etish uchun baʼzi sahifalarning pastki qismiga homiylar nomi va kompaniya logotiplarini qoʻshdik. Homiylarni eʼtirof etish mahsulotni reklama qilish, havola yoki boshqa turdagi taqdimotni oʻz ichiga olmaydi.

Garchi homiylar Khan Academyʼni qoʻllab-quvvatlashsa ham, ular tahrirlash huquqiga ega emas. Khan Academy siyosiy boʻlmagan, notijorat tashkilot boʻlib, Khan Academyʼga tegishli kontent ustidan toʻliq tahririy nazoratni amalga oshiradi.