Qanday yordam kerak?

Avatarimni qanday oʻzgartirishim mumkin?

Yangilangan

Avataringizni oʻzgartirish uchun siz oʻquvchilar bosh sahifasida boʻlishingiz kerak (oʻrganuvchilar sahifasi). Agar bosh sahifangiz uchun ota-onalar yoki oʻqituvchi paneli tanlangan boʻlsa, oʻquvchilar bosh sahifasini ochish boʻyicha koʻrsatmalarni ushbu havola orqali topasiz.

Bu sahifaga kirganingizdan soʻng, yuqori chap burchakdagi avatarning ustiga bossangiz,  tanlov oynasi ochiladi.

Changing_your_Avatar_in_your_Profile.png

Boshqa avatarlarni koʻrish uchun joriy avatarning ikki yonidagi yoʻnaltirgichlarga bosing  yoki yuqori chap burchakdagi “Barcha avatarlar” tugmachasini tanlab, surgichdan foydalaning. Hozir tanlangan avatar kulrang fonda koʻrsatiladi. “Saqlash” tugmachasini bosing. Agar bu tugmacha koʻrinmasa, pastga tushing  yoki sahifani kichraytiring.

Siz tanlagan avatar endi tarjimayi holingizda koʻrsatiladi.