Qanday yordam kerak?

Khan Academy jamoasining tamoyillari qanday?

Yangilangan

Khan Academyʼning vazifasi – hamma uchun har joyda bepul, jahon standartlari darajasidagi taʼlimni taʼminlashdan iborat va ushbu jamoa tamoyillarining maqsadi barcha uchun qulay oʻquv muhitini yaratishdir. 

Siz qanday yordam bera olasiz?

Munosib javob bering

  • Biz bir-birimizga taʼlim beramiz – shuning uchun “Ha” yoki “Yoʻq” deb javob berishning oʻrniga, sevimli oʻqituvchingizga oʻxshab mukammal javob bering! Javobingiz toʻliq va tushunishga oson boʻlsin.
  • Bir vaqtlar siz ham yangi foydalanuvchi boʻlganingizni eslang! Sabrli boʻling va odamlarga yaxshi munosabatda boʻling; ularga oʻrganishni boshlashlariga yordam bering; Khan Academyʼdan foydalanish boʻyicha maslahat va tavsiyalar bering.
  • Agar kerak boʻlsa, odamlarga foydasi tegishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha manbalar havolasini ulashing (masalan, yordam markazimizdagi maqolalar).

Mustaqil fikrlang

  • Savol berishdan avval oldinroq shu savol berilganligini aniqlash uchun tezkor tekshiruv oʻtkazing. Agar shunday boʻlsa, sharhingizni mavjud tarmoqqa qoʻshing yoki boshqa birovning sharhiga ovoz bering. Shuningdek, yordam markazimiz va qoʻllab-quvvatlash jamiyatimizdan foydali manbalarni topishingiz mumkin.
  • Agar sizdan oldin kimdir savolga javob bergan boʻlsa, javobni takrorlash oʻrniga uni yoqlab ovoz bering.

Chetlab oʻtish kerak boʻlgan baʼzi holatlar:

Sifatsiz sharhlar

  • Bularga takroriy javoblar, spam, maʼnosiz yoki qayta berilgan xabarlar, reklama, sifatsiz havolalar, boshqalardan obunangizni yoki postlaringizni targʻib qilishni soʻrash va haqoratomuz soʻzlar kiradi.
  • Khan Academyʼning boshqa aʼzosiga, jumladan, koʻngillilar va xodimlarga nisbatan qoʻpol yoki hurmatsiz munosabat. Bu boshqa birovning nomidan nomaʼqul ish qilishni ham oʻz ichiga oladi.
  • Umuman olganda, agar yozganlaringiz ota-onalar yoki oʻqituvchilar oʻqishi uchun noqulay boʻlishini sezsangiz, uni eʼlon qilmaganingiz yaxshiroq.  Khan Academyʼdan turli yoshdagi talabalar foydalanishini unutmang. Bunga hamma amal qiladi deb umid qilamiz.

Mavzudan tashqari muzokaralar

  • Mavzuga oid suhbatlarni davom ettiring. khanacademy.org mavzusiga tegishli boʻlmagan savollar va sharhlar qoʻllab-quvvatlash jamiyatidagi tegishli kichik forumda joylashtirilishi kerak.  Bunga kompyuterda dasturlash loyihalari kiradi, chunki sharhlar va munozaralar kodning oʻziga qaratilishi kerak.
  • Khan Academy asosiy eʼtiborni bilim olishga qaratganligi sababli din va hozirgi siyosiy voqealar haqida hech qanday munozaralar boʻlmasligini soʻraymiz. Internetda bunday munozaralar qabul qilinadigan koʻp saytlar mavjud, ammo biz ushbu mavzular Khan Academy doirasidan tashqarida deb bilamiz. 
    • Eslatma: gumanitar fanlarning baʼzi turlari (masalan, tarix) bundan mustasno qilinishi mumkin, ammo izohlaringizni joylashtirishdan oldin oʻylab koʻring, sharhlaringiz jamiyat qiziqish doirasida ekaniga ishonch hosil qiling.
  • Boshqalardan shaxsiy maʼlumotlarini soʻramang (bu haqiqiy ism, elektron pochta manzili, yosh, joylashgan hudud va foydalanuvchi sir saqlashni istagan hamma narsani oʻz ichiga oladi) va shaxsiy maʼlumotlaringizni ommaga taqdim etmang.

Ushbu koʻrsatmalarning buzilishi postning olib tashlanishi, sharh qoldirish va boshqa maʼmuriy harakatlarning vaqtincha toʻxtatilishiga olib kelishi mumkin.