Nima uchun qoʻllab-quvvatlash guruhi agenti mening akkauntimga kirishi kerak?
Biz yaqinda akkauntlar bilan bogʻliq muammolarni yanada samaraliroq bartaraf etish uchun qoʻllab-quvvatlash guruhi agentlari va dasturchilariga foydalanuvchilar akkauntlariga kirish imkoniyatini beruvchi vositani yaratdik. Biz undan ma’lum bir videoda jarayon notoʻgʻri ketayotganligini koʻrish, biror bolaning akkaunti nega ota-onasinikiga bogʻlanmaganligini oʻrganish yoki turli sinflarga ega boʻlgan biror kishining oʻqituvchiga xos qarashlarini yaxshiroq tushunish uchun foydalanishimiz mumkin. Shuningdek, undan boshqa koʻplab potensial qoʻllab-quvvatlash holatlarida ham foydalanish imkoniyati bor.
Ajoyib ... yana nimani xohlash mumkin?
Albatta, bu juda katta yordam boʻladi va biz bu usul orqali foydalanuvchilarga tezroq koʻmak berishimiz va xatolarni tuzata olishimizdan juda mamnunmiz. Biroq texnik cheklovlar tufayli mutaxassisimiz sizning akkauntingizga kirishi uchun ruxsat berishda bitta jiddiy ogohlantirish mavjud va biz uni maʼlum qilishni istaymiz: tizimga kirganimizda, u haqiqiy foydalanuvchi emasligimizni bila olmaydi, shuning uchun biz bajargan har qanday harakat xuddi siz bajargandek qabul qilinadi.
Ehtimol, qayd etilgan har bir harakat muammoni hal qilish, masalan, sizning nomingizdan oʻquvchi qoʻshish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq bunda oʻzingiz ish olib bormagan fanlardagi kutilmagan jarayon yoki mashqlarni ham roʻyxatga olib yuborishingiz mumkin. Ushbu holatda siz yaqinda yuz bergan chalkashliklarni koʻrishingiz mumkin, shuning uchun nega bunday boʻlishi mumkinligini aniq tushunishni istaymiz.
Agar siz yaqinda yordam soʻrovnomasi joʻnatib, akkauntingizga kirishimiz uchun ruxsat bergan boʻlsangiz, baʻzi kutilmagan harakatlarga duch kelishingiz mumkin. Bunday holatlarni kamaytirish uchun har doim qoʻlimizdan kelganini qilamiz.
Huquqshunoslar jamoasi nomidan
Qoʻllab-quvvatlash guruhi agentining akkauntingizga kirishiga rozilik berganingiz toʻgʻrisida huquqiy xulosa:
“Siz Khan Academy’ning qoʻllab-quvvatlash guruhi mutaxassisiga muammoni hal qilishi uchun sizning foydalanuvchi nomingiz bilan tizimga kirishiga ruxsat berasiz. Biz ushbu funksiyadan faqat texnik muammoni hal qilishda foydalanamiz va ushbu vazifa tugashi bilan sizning akkauntingizdan chiqamiz. Siz soʻragan koʻmak uchun zarur boʻlgan holatlardan tashqari birorta harakatga qoʻl urmaymiz. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida biz ushbu hodisani ham oʻzimizning ichki roʻyxatlarimizga qayd etib qoʻyamiz. “Ha” tugmachasini bosish bilan siz Khan Academy’ning qoʻllab-quvvatlash guruhi mutaxassisiga oʻzingizning foydalanuvchi nomingizdan roʻyxatdan oʻtishiga rozilik bildirasiz.”